Kasallik tarixi
Men, Odilov Anvar Baxtiyorovich, 1983-yilda O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy shahrida tug‘ilganman. Hozirda vaqtinchalik ishsizman. Turmush o‘rtog‘im — Tosheva Matluba Mirzoyevna, 1980-yilda tug‘ilgan, uy bekasi.
👦 O‘g‘limiz — Baxtiyorov Azizbek Anvar o‘g‘li 2017-yil 25-mayda, Navoiy shahrida tug‘ilgan. U bog‘chaga juda quvnoq, aqlli va mehr bilan borardi.
❗️2024-yil fevral oyi boshida isitmaladi, ishtahasi yo‘qoldi, limfa bezlari shishib ketdi. Navoiydagi shifokorlar tekshiruvdan o‘tkazib, gemoglobini 4 ga tushib ketganini aytishdi. Shundan so‘ng unga zudlik bilan qon quyildi.
🧬 2024-yil 12-mart kuni Respublika bolalar gematologiyasi va onkologiyasi markazida unga “O‘tkir leykoz” tashxisi qo‘yildi. Biz u yerda 9 oy davomida (5 ta kimyo kursi) davolandik. Har bir kurs uchun kerakli qon, trombotsit va kimyoterapiya vositalarini o‘zimiz xarid qildik.
🩺 Keyinchalik yana 6 oy davomida Navoiyda davolanishni davom ettirdik. Bu yerda ham barcha dori-darmon va kimyoterapiya xarajatlari bizning zimmamizda bo‘ldi. Hozir esa har hafta analiz topshirib, navbatdagi kimyoni olayapmiz — ammo, afsuski, tahlil natijalari ijobiy emas.
‼️ Shifokorlar zudlik bilan suyak iligi ko‘chirish operatsiyasi zarurligini, aks holda juda kech bo‘lishi mumkinligini aytishdi. Farzandimizni yo‘qotib qo‘yish xavfi bor.
💔 Azizbek o‘ynagisi keladi, maktabga borgisi keladi. Ko‘zlarida umid porlaydi. U katta bo‘lib, ota-onasiga suyanchiq bo‘lishni, yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishni orzu qiladi.
🙏 Azizbek juda aqlli, hayotga chanqoq bola. Iltimos, saxovatli yurtdoshlar, bolamning hayotini saqlab qolishda bizga yordam beringlar!
